Musurmonov, Ulug‘bek (2026) OLIMER MODIFIKATSIYALANGAN BITUM ASOSIDA ASFALT-BETON QORISHMASINING FIZIK-MEXANIK XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISH. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 4 (4). pp. 100-107. ISSN 3030-3702
12.+Musurmonov+Ulug‘bek.pdf - Published Version
Download (360kB)
Abstract
Bugungi kunda avtomobil yo‘llari qoplamalarining sifati va xizmat muddati yo‘l qurilishi sohasidagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Asfalt-beton qoplamalarning uzoq muddat xizmat qilishi, avvalo, qorishma tarkibi hamda qo‘llaniladigan bitumning fizik-mexanik xususiyatlariga bog‘liq. So‘nggi yillarda transport vositalari sonining ortishi, ayniqsa og‘ir yuk avtomobillari harakatining ko‘payishi natijasida yo‘l qoplamalariga tushadigan yuklama sezilarli darajada oshmoqda. Bundan tashqari, yoz va qish fasllaridagi keskin harorat farqlari asfalt-beton qoplamalarda g‘ildirak izi (rutting), yoriqlar va boshqa deformatsiyalarning erta paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Shu sababli bitumni polimerlar yordamida modifikatsiyalash yo‘l qoplamalarining ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilashning istiqbolli usullaridan biri sifatida qaralmoqda.Mazkur tadqiqotda SBS (styrene-butadiene-styrene) polimeri bilan modifikatsiyalangan bitum asosida tayyorlangan asfalt-beton qorishmalarining fizik-mexanik xususiyatlari laboratoriya sharoitida o'rganildi. Tadqiqot davomida Marshall barqarorligi, oqim ko‘rsatkichi, zichlik, havo bo‘shliqlari, mineral agregatlar orasidagi bo‘shliq (VMA), bitum bilan to‘ldirilgan bo‘shliq (VFA), siqilish mustahkamligi, suv ta‘siriga chidamlilik hamda elastiklik moduli kabi asosiy ko‘rsatkichlar aniqlandi. Olingan natijalar oddiy yo‘l bitumi asosida tayyorlangan asfalt-beton namunalari bilan taqqoslandi va polimer modifikatsiyasining ta’siri baholandi.Tadqiqot natijalari SBS polimeri qo‘llanilganda asfalt-beton qorishmasining mexanik barqarorligi va yuqori haroratlarda deformatsiyaga chidamliligi ortishini, suv ta’siriga bardoshliligi yaxshilanishini hamda qoplamaning xizmat muddatini uzaytirish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatdi. Olingan ilmiy natijalar O‘zbekistonning keskin kontinental iqlim sharoitida avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ta’mirlash jarayonlarida polimer modifikatsiyalangan bitumlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | T Technology > T Technology (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 03 Oct 2026 10:16 |
| Last Modified: | 03 Oct 2026 10:16 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2286 |
