Karimxodjayev, Nazirjon and Ismatov, Biloldin (2026) ELEKTROMOBIL BATAREYALARINI ZARYADLASH JARAYONIDA YASHIRIN KRITIK HOLATLARNI AMALIY DIAGNOSTIKA QILISH METODIKASI. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 4 (4). pp. 91-99. ISSN 3030-3702
11.+Karimxodjayev+Nazirjon,+Ismatov+Biloldin.pdf - Published Version
Download (379kB)
Abstract
Elektromobil BMS tizimlari batareyaning xavfsizligini asosan terminal kuchlanish, tok va sirt harorati asosida baholaydi, biroq bu signallar hujayra ichidagi elektrokimyoviy holatni bevosita aks ettirmaydi -natijada tez zaryadlash rejimlarida litiy cho‘kishiga xos ichki og‘ishlar sezilmasdan qolishi mumkin. Ushbu maqolada BMS tomonidan kuzatiladigan tashqi signallarning shunday “yashirin” holatlarni qanchalik o‘z vaqtida qamrab olishini laboratoriya etalon o‘lchovlari -reference electrode (RE) va ichki termojuft -yordamida tekshirish uchun amaliy diagnostika metodikasi taklif etiladi. Metodika RE’ni ishlab chiqarish BMS’iga integratsiya qilinadigan sensor sifatida emas, balki mavjud BMS qoidalarini sinovdan o‘tkazuvchi mustaqil benchmark vositasi sifatidaqo‘llashga asoslangan. 1 Ah LFP/grafit pouch hujayrada (25 °C, ≈0,33 A, uch sikl) o‘tkazilgan sinovda ichki etalon signalning tayanch hodisasi qayd etilgan vaqtda standart kuchlanish chegaralari (4,00 V; 4,10 V) uni bir necha yuz soniyadan bir necha ming soniyagacha kechikib qamragani, aksincha past darajadagi eksplorativ skrining nuqtasi esa ancha oldinroq ogohlantirish signali berishi mumkinligi ko‘rsatildi. Mustaqil prizmatik hujayra tajribasida ichki–sirt harorat farqi tok kuchi ortishi bilan sezilarlidarajada kengayishi kuzatildi. Ushbu kuzatishlar asosida “qabul qilish–sinxronlash–skrining–qaror–amaliy harakat” bosqichlaridan iborat besh bosqichli diagnostika algoritmi va signal qamrovini erta/kechikkan/o‘tkazib yuborilgan toifalarga ajratuvchi baholash sxemasi ishlab chiqildi. Ishning maqsadi -mavjud BMS arxitekturasini almashtirish emas, balki uni validatsiya qilish va servis darajasidagi diagnostika qarorlarini qo‘llab-quvvatlashdir; olingan chegara qiymatlari universal xavfsizlik mezoni sifatida emas, balki metodik skrining nuqtalari sifatida talqin etiladi. Natijalarning kengroq elektrokimyoviy asoslanishi va statistik validatsiyasi tadqiqot dasturining alohida, chuqurroq nashrida ko‘rib chiqiladi; mazkur maqola esa amaliyotchi muhandislar va servis xizmatlari uchun mo‘ljallangan qo‘llanma-metodika sifatida shakllantirilgan.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | T Technology > T Technology (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 03 Oct 2026 10:11 |
| Last Modified: | 03 Oct 2026 10:11 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2285 |
