Bazarov, Baxtiyor and Odilov, Odiljon and Bo‘tayev, Azizjon (2026) SINTETIK GAZ YONILG‘ISIDAN FOYDALANIB CHEVROLET COBALT VA CHEVROLET TRACKER YENGIL AVTOMOBILLARINING EKSPLUATATSION KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISH: MATLAB/SIMULINK ASOSIDAGI MODELLASHTIRISH TADQIQOTI. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 4 (4). pp. 84-90. ISSN 3030-3702
10.+Bazarov+Baxtiyor,+Odilov+Odiljon,+Bo‘tayev+Azizjon.pdf - Published Version
Download (339kB)
Abstract
Avtomobil transportida neft mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortishi va ichki yonuv dvigatellaridan chiqarilayotgan zararli moddalar transport vositalarining energiya samaradorligini oshirish hamda alternativ yonilg‘ilarni qo‘llash zaruratini kuchaytirmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi —sintetik gaz yonilg‘isidan foydalanish orqali O‘zbekistonda keng tarqalgan Chevrolet Cobalt va Chevrolet Tracker yengil avtomobillarining ekspluatatsion, energetik va ekologik ko‘rsatkichlarini MATLAB/Simulink muhitida baholashdan iborat. Tadqiqotda sintetik gaz tarkibi sifatida 55% CH₄, 20% H₂, 20% CO va 5% CO₂ dan iborat gaz aralashmasi qabul qilindi. MATLAB/Simulink asosida dvigatel momenti, quvvati, yonilg‘i sarfi, issiqlik samaradorligi, avtomobil tezlanishi hamda CO, CO₂ va NOₓ emissiyalarini baholovchi kompleks model ishlab chiqildi. Natijalarga ko‘ra, sintetik gazdan foydalanish quvvatning taxminan 5% va aylanish momentining 3% kamayishi hisobiga yonilg‘i sarfining 17–19% kamayishiga, issiqlik samaradorligining 14% ortishiga hamda CO, CO₂ va NOₓ emissiyalarining mos ravishda 62%, 28% va 48% kamayishiga olib keladi. Olingan natijalar sintetik gaz yonilg‘isining energetik va ekologik jihatdan istiqbolli ekanligini tasdiqlaydi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | T Technology > T Technology (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 03 Oct 2026 10:06 |
| Last Modified: | 03 Oct 2026 10:06 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2284 |
