Sariqov, Islombek (2026) YELKA SUYAGI PROKSIMAL QISMI SINISHLARIDA KLINIK-DIAGNOSTIK BAHOLASH VA KT/3D REKONSTRUKSIYANING AMALIY AHAMIYATI. Medicineproblems.uz-Tibbiyot fanlarining dolzarb masalalari, 4 (8). pp. 118-126. ISSN 3030-3133

[thumbnail of 14.+Sariqov+Islombek.pdf] Text
14.+Sariqov+Islombek.pdf - Published Version

Download (287kB)

Abstract

Yelka suyagi proksimal qismi sinishlarida klinik-rentgenologik baholashni KT/3D rekonstruksiya ma’lumotlari bilan to‘ldirishning davolash taktikasini tanlash va funksional natijalarni yaxshilashdagi amaliy ahamiyatini baholash. Material va usullar: 2018–2024 yillarda davolangan 145 nafar bemor (asosiy guruh: 45 nafar, KT/3D qo‘llanilgan; nazorat guruhi: 100 nafar, an’anaviy usulda davolangan) retrospektiv-prospektiv tahlil qilindi. Barcha bemorlarda Neer va AO/OTA tasniflari, medial tayanch holati baholandi. Asosiy guruhda KT/3D rekonstruksiya asosida jarrohlik rejalashtirildi. Funksional natijalar Constant-Murley va DASH shkalalari bo‘yicha, asoratlar chastotasi esa 6 oylik kuzatuv davomida baholandi. Statistik tahlil uchun Student t-testi, Mann-Whitney U-testi va χ² testi (p<0.05) qo‘llanildi (SPSS 26.0). Natijalar: Asosiy guruhda operatsiya vaqti (78.5±12.3 daqiqa) va qon yo‘qotish (215.5±45.2 ml) nazorat guruhiga nisbatan (94.2±15.1 daqiqa, p=0.02 va 280.3±52.7 ml, p=0.03) sezilarli kam bo‘ldi. 6 oyda Constant-Murley balli asosiy guruhda 82.4±8.1, nazorat guruhida 71.3±10.5 (p=0.01) ni tashkil etdi. DASH balli mos ravishda 18.5±6.3 va 29.7±9.2 (p=0.01) bo‘ldi. Ikkilamchi siljish asosiy guruhda 4.4% (2/45), nazorat guruhida 18% (18/100) (p=0.03) kuzatildi. Varus deformatsiyasi asosiy guruhda 2.2% (1/45), nazorat guruhida 15% (15/100) (p=0.02) ni tashkil etdi. KT/3D 28% (13/45) bemorda davolash taktikasini o‘zgartirishga olib keldi. Xulosa: KT/3D rekonstruksiya murakkab va beqaror sinishlarda jarrohlik rejalashtirishni yaxshilaydi, asoratlar chastotasini kamaytiradi va funksional natijalarni sezilarli darajada yaxshilaydi. Diagnostik algoritm differensiallashgan bo‘lishi lozim: standart rentgenografiya birlamchi usul, KT/3D esa murakkab holatlar uchun tavsiya etiladi.

Item Type: Article
Subjects: R Medicine > R Medicine (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 18 Sep 2026 10:42
Last Modified: 18 Sep 2026 10:42
URI: https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2272

Actions (login required)

View Item
View Item