Shonazarova, Durdona and Azizova, Ra’no and Yuldasheva, Nasiba (2026) MIGRENNING KLINIK YUKLAMASI VA INSULINOREZISTENTLIK KO‘RSATKICHLARI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK. Medicineproblems.uz-Tibbiyot fanlarining dolzarb masalalari, 4 (8). pp. 75-83. ISSN 3030-3133
9.+Shonazarova+Durdona,+Azizova+Ra’no,+Yuldasheva+Nasiba.pdf - Published Version
Download (316kB)
Abstract
Migren murakkab neyrovaskulyar kasallik bo‘lib, uning patogenezida trigeminovaskulyar tizim faollashuvi bilan bir qatorda energetik metabolizm, oksidativ stress va neyroyallig‘lanish jarayonlari ham ishtirok etadi. Insulinrezistentlikning trigeminal nositseptiv tizim sezgirligi va migrenning klinik kechishigata’siri o‘rganilayotgan bo‘lsa-da, uning xuruj chastotasi, og‘riq intensivligi va funksional cheklanish bilan bog‘liqligi to‘liq aniqlanmagan. Maqsad -migrenning klinik yuklamasi bilan insulinrezistentlik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash. Tadqiqotga yengil, o‘rta va og‘ir klinik darajadagi 45 bemor kiritildi. Klinik yuklama bosh og‘rig‘i va migren kunlari, xuruj davomiyligi, NRS, HIT-6 va MIDAS yordamida baholandi. Och qoringa glyukoza va insulin aniqlanib, HOMA-IR hisoblandi; HOMA-IR >2,5 operatsion mezon sifatida qabul qilindi. HOMA-IR yengil, o‘rta va og‘ir guruhlarda mos ravishda 1,431±0,505; 2,140±0,670 va 3,231±0,972 bo‘ldi (p<0,001); insulinrezistentlik chastotasi 0%, 33,3% va 80,0% ni tashkil etdi (χ²=20,609; p<0,001). HOMA-IR HIT-6 (ρ=0,685), bosh og‘rig‘i kunlari (ρ=0,668), MIDAS (ρ=0,650), migren kunlari (ρ=0,643), NRS (ρ=0,626) va xuruj davomiyligi (ρ=0,516) bilan musbat bog‘landi (barchasi p<0,001). Yosh va jinsga tuzatilgan modelda HOMA-IR HIT-6 bilan assotsiatsiyani saqladi (B=4,383; 95% II 2,930–5,836; p<0,001). Och qoringa glyukoza klinik yuklama bilan izchil bog‘lanmadi. Natijalar insulin almashinuvidagi buzilishlar migrenning og‘irroq klinik fenotiplarida metabolik komponent bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | R Medicine > R Medicine (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 18 Sep 2026 10:19 |
| Last Modified: | 18 Sep 2026 10:19 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2267 |
