Navruzova, Shakar and Temirov, Murodjon (2026) BOLALARDA SURUNKALI REVMATIK YURAK KASALLIKLARI OG'IRLIK DARAJASINI IMMUNOGEMODINAMIK MEZONLARNI ISHLAB CHIQISH. Medicineproblems.uz-Tibbiyot fanlarining dolzarb masalalari, 4 (8). pp. 47-54. ISSN 3030-3133

[thumbnail of 6.+Navruzova+Shakar,+Temirov+Murodjon.pdf] Text
6.+Navruzova+Shakar,+Temirov+Murodjon.pdf - Published Version

Download (268kB)

Abstract

Bolalarda surunkali yurak revmatik kasalligi (SYRK) A-guruh streptokokk infeksiyasidan keyin yurak klapanlarda davom etuvchi yallig'lanish bilan tavsiflanadi. Biz BVBKTTM Kardiorevmatologiya bo'limida davolangan 28 nafar SYRK bilan og'rigan bola (7–17 yosh)da qon zardobidagi interleykin-6 (IL-6), o'sma nekrozi omili(TNF-α) va S-reaktiv oqsil (CRP) darajalarini o'rgandik. Qon namunalari noyabr–yanvar oylarida olindi va IL-6,TNF-α hamda CRP miqdorini aniqlash uchun ELISA usulida tahlil qilindi. Ushbu biomarkerlar hamda klinik og'irlik ko'rsatkichlari o'rtasidagi bog'liqlik Pirson korrelyatsiya usuli bilan baholandi. IL-6 va CRP darajalari sezilarli darajada yuqori bo'lib, ular o'rtasida kuchli ijobiy korrelyatsiya aniqlandi (r≈0.62, p<0.001), bu esa davom etayotgan o'tkir faza yallig'lanishidan dalolat beradi. TNF-α darajasi ham yuqori bo'lib, IL-6 va TNF-α ifodalanishi oldingi tadqiqotlarda qayd etilganidek kasallikning og'irroq kechishi bilan bog'liq boldi. Ushbu natijalar IL-6, TNF-α va CRP monitoringi surunkali SYRKda immun-yallig'lanish holatini aks ettirishi mumkinligini ko'rsatadi. Xulosa qilib aytganda, IL-6 va TNF-α bolalardagi revmatik valvulitning surunkali yallig'lanish javobining asosiy mediatorlari bo'lib xizmat qiladi, CRP esa yuzaga kelgan o'tkir faza reaksiyasini ko'rsatadi. Ushbu immun ko'rsatkichlar kasallik faolligini baholashda klinik ahamiyatga ega bo'lib, davolash taktikasini belgilashda yordam berishi mumkin.

Item Type: Article
Subjects: R Medicine > R Medicine (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 18 Sep 2026 08:11
Last Modified: 18 Sep 2026 08:11
URI: https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2264

Actions (login required)

View Item
View Item