Ravzatov, Jasurbek and Jo‘raeva, Moxigul (2026) TURLI ETIOLOGIYALI JIGAR SIRROZINING KLINIK NURITIV VA OG‘IR KECHISHINI BASHORATLASHDA TGF-Β1 VA CYP2E1 GENLARI POLIMORFIZMLARINING AHAMIYATI. Medicineproblems.uz-Tibbiyot fanlarining dolzarb masalalari, 4 (8). pp. 22-29. ISSN 3030-3133

[thumbnail of 3.+Ravzatov+Jasurbek,+Jo‘raeva+Moxigul.pdf] Text
3.+Ravzatov+Jasurbek,+Jo‘raeva+Moxigul.pdf - Published Version

Download (294kB)

Abstract

Jigar sirrozining klinik kechishi, nutritiv yetishmovchilik va asoratlar xavfi kasallik etiologiyasi, fibrogenez faolligi hamda individual genetik xususiyatlar bilan bog‘liq. Tadqiqot maqsadi turli etiologiyali jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda klinik va nutritiv ko‘rsatkichlarni baholash hamda og‘ir kechishni bashoratlashda TGF-β1 va CYP2E1 genlari polimorfizmlarining ahamiyatini aniqlashdan iborat. Tadqiqotga HBV+HDV, HCV va alkogol etiologiyali jigar sirrozi bo‘lgan 180 nafar bemor (har bir guruhda n=60) hamda 60 nafar amaliy sog‘lom nazorat shaxsi kiritildi. Kasallik og‘irligi Chayld–Pyu, MELD va MELD-Na tizimlari bo‘yicha baholandi. TGF-β1 −509C/T (rs1800469) va CYP2E1 c1/c2 (rs2031920) variantlari polimeraza zanjir reaksiyasi–restriksiya fragmentlari uzunligi polimorfizmi (PCR-RFLP) usulida genotiplandi. Natijalar genetik xavf ortishi Chayld–Pyu sinfi, assit, jigar ensefalopatiyasi va boshqa dekompensatsiya belgilarining ko‘proq uchrashi bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. TGF-β1 genining T alleli HBV+HDV etiologiyali sirrozda, CYP2E1 genining c2 alleli esa alkogol etiologiyali sirrozda og‘ir kechish xavfini oshiruvchi molekulyar-genetik omillar sifatida baholandi.

Item Type: Article
Subjects: R Medicine > R Medicine (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 18 Sep 2026 01:05
Last Modified: 18 Sep 2026 01:05
URI: https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2261

Actions (login required)

View Item
View Item