Tovashov, Bekzod (2026) NISHAB YERLARGA POGʻONALI ISHLOV BERUVCHI YUMSHATKICH ISHCHI ORGANI PARAMETRLARINING TUPROQQA ISHLOV BERISH SIFATIGA TAʼSIRINI TADQIQ ETISH. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 4 (8). pp. 45-55. ISSN 3030-3702
7.+Tovashov+Bekzod.pdf - Published Version
Download (315kB)
Abstract
Ushbu tadqiqot nishab yerlarda tuproqni pogʻonali yumshatish jarayonini kuzgi bugʻdoy ekishga tayyorlash operatsiyasi bilan uygʻunlashtiruvchi kombinatsiyalashgan mashinaning konstruktiv va texnologik parametrlarini maqbullashtirishga bagʻishlangan. Tadqiqotning dastlabki bosqichida nishab maydonlarda qoʻllanilayotgan tuproqqa ishlov berish texnologiyalari va mavjud mashinalarning konstruktiv yechimlari tahlil qilinib, ularning texnologik imkoniyatlari hamda takomillashtirishni talab etuvchi jihatlari belgilandi. Shu asosda suv eroziyasixavfini kamaytirish, tuproq namligini saqlash va kuzgi bugʻdoy ekish uchun zarur agrotexnik sharoitlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan kombinatsiyalashgan mashinaning konstruktiv sxemasi ishlab chiqildi.Nazariy tadqiqotlarda pogʻona hosil qiluvchi hamda yumshatkich ishchi organlarining geometrik va texnologik parametrlari ularning tuproq bilan oʻzaro taʼsiri va agregatning energetik koʻrsatkichlari bilan bogʻliq holda asoslandi. Ishchi organlarga taʼsir etuvchi qarshilik kuchlari va energiya sarfining asosiy omillarga bogʻliqligi matematik jihatdan ifodalandi. Laboratoriya-dala tajribalari asosida koʻp omillikeksperimental tadqiqotlar oʻtkazilib, olingan natijalar boʻyicha regressiya modellari ishlab chiqildi va ishchi rejimlarning maqbul qiymatlari aniqlandi [1-2].Tajriba natijalari taklif etilgan mashina yordamida tuproqni bir texnologik oʻtishda yumshatish, pogʻonali mikrorelyef shakllantirish va tuproqni kuzgi bugʻdoy ekishga tayyorlash imkoniyati mavjudligini koʻrsatdi. Ishlab chiqilgan texnologik yechim ishlov berish sifatini oshirish, agregatning tortish qarshiligi va energiya sarfini kamaytirish, texnologik operatsiyalar sonini qisqartirish hamda nishab maydonlarda suv eroziyasi jarayonlarini cheklash imkonini beradi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | T Technology > T Technology (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 19 Aug 2026 10:11 |
| Last Modified: | 19 Aug 2026 10:11 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2235 |
