Norqulov, Ma’rufjon and Turaqulov, Rustam (2026) MIOKARD REVASKULYARIZATSIYASIDAN KEYIN METABOLIK ASSOTSIIRLANGAN JIGARNING YOG‘LI KASALLIGI MAVJUD BEMORLARDA ADIPOKIN-SITOKIN DISBALANSI VA JIGAR ELASTIKLIGI DINAMIKASI: GEPATOPROTEKTOR KORREKSIYANING SAMARADORLIGI. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 4 (7). pp. 73-84. ISSN 3030-3702

[thumbnail of 9.+Norqulov+Ma’rufjon,+Turaqulov+Rustam.pdf] Text
9.+Norqulov+Ma’rufjon,+Turaqulov+Rustam.pdf - Published Version

Download (437kB)

Abstract

Maqsad –stabil zo‘riqish stenokardiyasi metabolik assotsiirlangan jigarning yog‘li kasalligi (MAJYOK) bilan komorbidlikda kechgan bemorlarda aortokoronar shuntlash (AKSh) amaliyotining jigar funksional holati, adipokin-sitokin muvozanati va to‘qima elastikligiga ta’sirini baholash hamda gepatoprotektor korreksiyaning samaradorligini aniqlash. Materiallar va usullar. Ko‘p tomirli koronar zararlanish aniqlanib AKSh o‘tkazilgan 120 nafar bemor tekshirildi: asosiy guruh –stenokardiya MAJYOK bilan kechgan 100 bemor, nazorat guruhi –jigar patologiyasi aniqlanmagan 20 bemor. Ko‘rsatkichlar amaliyotdan oldin, undan 2 kun va 6 oy keyin baholandi. Asosiy guruh 6 oylik davo rejimiga ko‘ra ikkiga ajratildi (standart davo, n=50; standart davo + ademetionin, n=50). Natijalar. Amaliyotdan oldin asosiy guruhda MELD (8,9±0,23 va 7,6±0,2), FLI (77,3±0,74 va 22,7±0,18), leptin (27,7±0,7 va 17,5±0,9 ng/ml), IL-6 (9,2±0,4 va 5,4±0,4 pg/ml), α-O‘NO (12,3±0,45 va 7,4±0,37 pg/ml) va Yung moduli medianasi (8,62±0,17 va 5,53±0,2 kPa) ishonchli yuqori, adiponektin (5,4±0,14 va 6,9±0,31 mkg/ml) hamda grelin (564,5±14,4 va 661,7±28,9 pg/ml) ishonchli past bo‘ldi (p<0,01–0,001). Amaliyotdan keyingi 2-kunda sitolitik, xolestatik va yallig‘lanish ko‘rsatkichlari oshdi; 6-oyga kelib an’anaviy laborator ko‘rsatkichlar me’yorlashdi, ammo adiponektin (4,7±0,18 mkg/ml), leptin (29,2±0,6 ng/ml), IL-6 (11,1±0,3 pg/ml), α-O‘NO (15,1±0,44 pg/ml) va Yung moduli medianasi (8,86±0,09 kPa) boshlang‘ich darajaga qaytmadi. Ademetionin qo‘shilgan kompleks davo ushbu ko‘rsatkichlarning barchasini ishonchli yaxshiladi (p<0,05–0,001). Xulosa. MAJYOK fonida o‘tkazilgan AKSh amaliyoti an’anaviy laborator ko‘rsatkichlar me’yorlashganidan keyin ham saqlanadigan subklinik gepatometabolik va yallig‘lanish buzilishlari bilan kechadi; ularni aniqlashda adipokin-sitokin paneli va elastometriya axborotli, korreksiyasida esa gepatoprotektor terapiya samarali.

Item Type: Article
Subjects: R Medicine > R Medicine (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 17 Aug 2026 10:19
Last Modified: 17 Aug 2026 10:19
URI: https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2226

Actions (login required)

View Item
View Item