Norxonov, Asomiddin (2026) SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGIDA BUYRAK DISFUNKSIYASINING KUCHAYISHIDA KLOTO OQSILI VA FIBROBLAST-23 O‘SISH OMILI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 4 (7). pp. 66-72. ISSN 3030-3702

[thumbnail of 8.+Norxonov+Asomiddin (1).pdf] Text
8.+Norxonov+Asomiddin (1).pdf - Published Version

Download (444kB)

Abstract

Surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuY) kechishiga buyrak faoliyatining buzilishi, ya’ni kardiorenal sindrom sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot maqsadi –SYuY turli darajadagi buyrak disfunksiyasi bilan kechganda Kloto oqsili va fibroblast-23 o‘sish omili (FGF-23) ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, ular o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda kompleks davoning ushbu markerlarga ta’sirini baholash. Materiallar va usullar. Yurak ishemik kasalligi negizida rivojlangan SYuY (II va III funksional sinf) mavjud 120 nafar bemor tekshirildi va hisoblangan koptokchalar filtratsiyasi tezligi (hKFT) bo‘yicha uch guruhga ajratildi: 1-guruh –hKFT <60 ml/daq/1,73 m² (n=55), 2-guruh –60–90 ml/daq/1,73 m² (n=45), 3-guruh –>90 ml/daq/1,73 m² (n=20). Kloto oqsili va FGF-23 immunoferment (ELISA) usulda aniqlandi; barcha bemorlarga 6 oy davomida standart davo qo‘llanildi. Natijalar. Buyrak faoliyati pasayishi bilan Kloto oqsili izchil kamaydi (mos ravishda 0,52±0,02; 0,84±0,01 va 0,98±0,03 ng/ml), FGF-23 esa oshdi (404,9±17,2; 118,5±3,7 va 84,07±2,01 pg/ml; p<0,001). Markerlar o‘rtasida manfiy korrelyatsion bog‘liqlik qayd etildi (1-guruhda r=−0,28; p<0,05). Standart davoga sevelamer karbonat qo‘shilgan I-a kichik guruhda Kloto oqsili 0,68±0,02 ng/ml gacha ko‘tarildi, FGF-23 esa 271,9±11,8 pg/ml gacha kamaydi (p<0,001). Xulosa. Kloto–FGF-23 o‘qidagi muvozanatning buzilishi SYuY da buyrak disfunksiyasi og‘irligining markeri bo‘lib xizmat qiladi; standart davoga sevelamer karbonat qo‘shilishi ushbu markerlar dinamikasiga ishonchli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

Item Type: Article
Subjects: R Medicine > R Medicine (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 17 Aug 2026 10:14
Last Modified: 17 Aug 2026 10:14
URI: https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2225

Actions (login required)

View Item
View Item