Karimova, Mukimaxon and Aralova, Mahbubaxon (2026) SANOAT ZONASIDA ISHLOVCHI QALQONSIMON BEZ KASALLIGI BO‘LGAN AYOLLARDA HAYOT SIFATINI O‘RGANISH. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 4 (7). pp. 32-40. ISSN 3030-3702
4.+Karimova+Mukimaxon,+Aralova+Mahbubaxon.pdf - Published Version
Download (432kB)
Abstract
Maqsad. Sanoat zonasida mehnat qiluvchi, reproduktiv yoshdagi va qalqonsimon bez kasalligi boʻlgan ayollarda hayot sifati (HS) koʻrsatkichlarini tireotrop gormon (TTG) darajasiga bogʻliq holda baholash. Materiallar va usullar. Koʻndalang kesimli tadqiqotga Andijon viloyati «Asaka» ishlab chiqarish korxonasida ishlovchi 18–50 yoshli 82 nafar ayol kiritildi. Ular TTG darajasiga koʻra uch guruhga ajratildi: nazorat (TTG <4,0 mME/l, n=21), subklinikgipotireoz —SG (TTG 4,0–9,9 mME/l, erkin T4 meʼyorda, n=32) va manifest gipotireoz —MG (TTG ≥10,0 mME/l, erkin T4 meʼyordan past, n=29). HS SF-36 soʻrovnomasi orqali baholandi. Natijalar. MG guruhida yuqori toliqish 86,2%, madorsizlik 79,3%, xafalik va xavotirlilik hissi 75,9% hollarda kuzatildi; SG guruhida mos ravishda 75,0%, 56,2% va 71,9%. Xotira va diqqatning susayishi boʻyicha guruhlar oʻrtasidagi farq statistik ahamiyatli boʻldi (72,4% va 40,6%; χ²=6,23; p=0,013). SF-36ning barcha shkalalari boʻyicha MG guruhi koʻrsatkichlari nazorat va SG guruhlariga nisbatan ahamiyatli past boʻldi (p<0,0001). TTG darajasi salomatlikning jismoniy komponenti bilan oʻrtacha kuchli manfiy bogʻlanishga ega boʻldi (r=–0,54; p=0,002). Xulosa. Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi sanoat zonasida ishlovchi ayollarning hayot sifatiga sezilarli salbiy taʼsir koʻrsatadi; taʼsir kuchi TTG darajasining oshishi bilan ortib boradi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | R Medicine > R Medicine (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 16 Aug 2026 23:51 |
| Last Modified: | 16 Aug 2026 23:51 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2220 |
