Niyozov, Gʻayratjon (2026) YANGI TUGʼILGАNLАRDА GIPOKSIK-ISHEMIK BOSH MIYA SHIKАSTLАNISHINING KLINIK XUSUSIYATLАRI VА ERTА BIOMАRKERLI PROGNOZLАSH. Medicineproblems.uz-Tibbiyot fanlarining dolzarb masalalari, 4 (6). pp. 16-26. ISSN 3030-3133

[thumbnail of 2.+Niyozov+Gʻayratjon.pdf] Text
2.+Niyozov+Gʻayratjon.pdf - Published Version

Download (391kB)

Abstract

Bolalarda, ayniqsa yangi tugʼilgan chaqaloqlarda gipoksik-ishemikentsefalopatiyabosh miyaga kislorod va qon oqimi yetishmovchiligi natijasida rivojlanuvchi ogʼir nevrologik holat boʼlib, uning klinik kechishi markaziy nerv tizimi shikastlanishining darajasi va davomiyligiga bogʼliq. Kasallik mushak tonusining oʼzgarishi, reflekslarning pasayishi, hush darajasining buzilishi, emizish qiyinlashishi, nafas yetishmovchiligi, tutqanoq xurujlari hamda vegetativ disfunktsiyalarbilan namoyon boʼladi. Ogʼir holatlarda miya shishi, epileptik status, serebral falajlik, psixomotorrivojlanishdanorqada qolish, kognitiv buzilishlar va turgʼun nevrologik nuqsonlar rivojlanishi mumkin. Ogʼir asoratlarning oldini olishda gipoksiya sababini bartaraf etish, nafas va gemodinamik koʼrsatkichlarni barqarorlashtirish, tutqanoqlarni erta nazorat qilish, metabolik buzilishlarni korrektsiyalashhamda yangi tugʼilganlarda koʼrsatma boʼlganda terapevtik gipotermiyani oʼz vaqtida oʼtkazish muhim ahamiyatga ega. Qonda GFAP va NfL biomarkerlarimiqdorini aniqlash glialhujayralar va neyron aksonlarishikastlanishining ogʼirligini baholash, kasallik kechishini prognozlash hamda davolash samaradorligini monitoring qilish imkonini beradi. Klinik-nevrologik tekshiruv, neyrovizualizatsiya, elektroentsefalografiyava biomarkerlarnatijalarini kompleks baholash noxush nevrologik oqibatlar xavfi yuqori boʼlgan bolalarni erta aniqlash, individual davolash-reabilitatsiya choralarini belgilash va uzoq muddatli prognozni yaxshilashga xizmat qiladi.

Item Type: Article
Subjects: R Medicine > R Medicine (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 31 Jul 2026 08:53
Last Modified: 31 Jul 2026 08:53
URI: https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2202

Actions (login required)

View Item
View Item