Boltayev, Sunnatillo and Toshboyev, Zohid and Yo‘ldashev, Ijodbek (2026) TEMIR YO‘L RELS ZANJIRLARI TA’MINOTI QURILMASINING MIKROPROTSESSORLI VOSITASI TARKIBIGA KIRUVCHI AC/DC O‘ZGARTIRGICH SXEMASINI LOYIHALASH. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 4 (1). pp. 65-71. ISSN 3030-3702

[thumbnail of 9.+Boltayev+Sunnatillo,+Toshboyev+Zohid,+Yo‘ldashev+Ijodbek.pdf] Text
9.+Boltayev+Sunnatillo,+Toshboyev+Zohid,+Yo‘ldashev+Ijodbek.pdf - Published Version

Download (347kB)

Abstract

Temir yo‘l stansiya tizimlarining muhim tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‘lgan temir yo‘l stansiyasi rels zanjiri qurilmalari elektr energiyasi bilan markazlashtirilgan ichki quvvat ta’minoti shkaflari orqali ta’minlanadi. Biroq bunday usul yuqori o‘rnatish xarajatlari, sezilarli kuchlanish tebranishlari hamda ko‘p energiya quvvatini yo‘qotish kabi kamchiliklarga ega. Ushbu maqolada O‘zbekiston temir yo‘llari stansiyalarida amalda qo‘llanilayotgan fazasezgir rels zanjirlari ta’minot qurilmalarini mikroprotsessorli vositasini ishlab chiqish yuzasidan yangi takomillashgan mikroprotsessorli qurilma tarkibiga kiruvchi AC/DC o‘zgartirgich sxemasini loyihalash ko‘rib chiqilgan. Ushbu AC/DC o‘zgartirgich moduli mahalliy tarmoqdan ta’minlanayotgan o‘zgaruvchan 220 V, 50 Hz chastotali kuchlanishni mikrokontrollerlar ishlashi uchun va rels zanjiri qurilmalari ta’minoti kuchlanish tebranishlarini keskin ortishi va tushib ketishini oldini olish uchun hamda tranzistorli invertorlardan chiqishda sifatli o‘zgaruvchan kuchlanish xosil qilish uchun o‘zgarmas kuchlanishga o‘tkaziladi. Ushbu jarayonni AC/DC moduli bajarib beradi. Modul tarkibiga ikki protsessorli boshqaruv bloki, quvvat o‘zgartitirish sxemasi, kuchlanish va tokni o‘lchash sxemasi hamda kuchsiz tok kuchlanishini o‘zgartishish sxemasi kiradi.

Item Type: Article
Subjects: T Technology > T Technology (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 05 Jul 2026 04:38
Last Modified: 05 Jul 2026 04:38
URI: https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2187

Actions (login required)

View Item
View Item