Shaymanova, Ra’no and Urozov, Mustafoqul (2026) TARKIBIDA KOMPOZITSION GOMOGEN-GETEROGEN REAGENTLAR SAQLAGAN MINERALLASHGAN BURG‘ULASH ERITMALARINING PARAMETRLARIGA HARORATNING TA’SIRI. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 4 (6). pp. 69-76. ISSN 3030-3702
9.+Shaymanova+Ra’no,+Urozov+Mustafoqul.pdf - Published Version
Download (384kB)
Abstract
Mazkur maqolada kompozitsion gomogen-geterogen reagentlar saqlagan minerallashgan burg‘ulash eritmalarining harorat ta’siridagi reologik va filtratsion xossalari tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy ilmiy mazmuni burg‘ulash jarayonida ishlatiladigan suv asosli, tuzga chidamli va termik barqaror eritmalar tarkibida polianion sellyuloza, ishqor bilan modifikatsiyalangan torf, natriy gidroksid, bentonit va mineral tuzlarning o‘zaro ta’sirini aniqlashdan iborat. Burg‘ulash eritmalarining samaradorligi ularning quduq tubida yuqori harorat, yuqori minerallashuv va kalsiy-magniy ionlari ta’sirida o‘z xossalarini saqlab qolish qobiliyati bilan belgilanadi. Tajriba ma’lumotlari 100°C va 180°C haroratlarda issiqlik bilan ishlov berilgan eritmalar parametrlarini qiyoslashga asoslangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tarkibida kompozitsion gomogen-geterogen reagent bo‘lmagan minerallashgan eritmalarda filtratsiya hajmi ortadi, qovushqoqlik pasayadi va strukturaviy barqarorlik yomonlashadi. Polianion sellyuloza, torf va bentonit asosidagi kompozitsion reagentlar esa eritmaning suv yo‘qotishini kamaytiradi, tuz agressiyasiga chidamliligini oshiradi va yuqori haroratdan keyin ham texnologik jihatdan maqbul ko‘rsatkichlarni saqlab qoladi. Tadqiqot natijalari mahalliy xomashyo asosida ekologik, iqtisodiy va texnologik jihatdan samarali burg‘ulash eritmalari tarkibini yaratish imkoniyatini asoslaydi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | T Technology > T Technology (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 23 Jun 2026 02:19 |
| Last Modified: | 23 Jun 2026 02:19 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2157 |
