Islamov, Narimon and Safarov, Zafar and Xamdamov, Abdumajid and Abdullayev, Botir and Abidova, Nilufar (2026) TUG‘MA YURAK NUQSONLARI FONIDA KECHUVCHI POLORGAN YETISHMOVCHILIGIDA PSOFA SHKALASINING KLINIK AHAMIYATI. Medicineproblems.uz-Tibbiyot fanlarining dolzarb masalalari, 4 (4). pp. 19-24. ISSN 3030-3133
3.+Islamov+Narimon,+Safarov+Zafar,+Xamdamov+Abdumajid,+Abdullayev+Botir,+Abidova+Nilufar.pdf - Published Version
Download (256kB)
Abstract
Ushbu tadqiqotning maqsadi tug‘ma yurak nuqsonlari (TYuN) bilan og‘rigan 12–36 oylik bolalarda pSOFA shkalasining klinik ahamiyati va prognostik imkoniyatlarini baholashdan iborat. Retrospektiv kogort tahlili asosida intensiv terapiya bo‘limiga shok holatida yotqizilgan 50 nafar bemor (30 nafari vafot etgan, 20 nafari sog‘aygan) qamrab olindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, pSOFA shkalasining umumiy bali 6 dan oshishi yuqori o‘lim xavfidan (40,5%), 9 dan oshishi esa kritik holatdan (63,2%) darak beradi. Ayniqsa, nafas va buyrak tizimlarining bir vaqtda disfunksiyasi (>2 ball) vafot etgan bolalarning 94 foizida kuzatilib, qaytmas jarayonlarning erta belgisi sifatida aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, pSOFA shkalasi kichik yoshdagi bolalarda a’zolar yetishmovchiligini baholash va davolash taktikasini erta bosqichda to‘g‘ri belgilash uchun yuqori aniqlikka ega obyektiv vosita hisoblanadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | R Medicine > R Medicine (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 09 Jun 2026 23:38 |
| Last Modified: | 11 Jun 2026 16:39 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2139 |
