Daliyev, Sherzod and Maxamatdinov, Abdul-Aziz and Gaipnazarova, Lobar (2026) G‘OVAK MUHITDA SIZOT SUV SATHI DINAMIKASI VA TUZ MIGRATSIYASINING MATEMATIK MODEL. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 4 (4). pp. 42-52. ISSN 3030-3702
6.+Daliyev+Sherzod.pdf - Published Version
Download (7MB)
Abstract
Ushbu maqolada g‘ovak muhitda sizot suv sathi o‘zgarishi va undagi tuz konsentratsiyasining ko‘chishi jarayonlarini matematik modellashtirish masalasi o‘rganilgan. Tadqiqotda sizot suvlarining filtratsiya harakati Dyupi–Forchheimer farazi asosida tavsiflanib, massaning saqlanish qonuni yordamida suv sathi o‘zgarishini ifodalovchi Boussinesk tipidagi nochiziqli differensial tenglama hosil qilingan. Shuningdek, g‘ovak muhitda tuzlarning ko‘chishi jarayoni konveksiya-diffuziya tenglamasi yordamida modellashtirilgan. Tuz migratsiyasi jarayonida filtratsiya tezligi sizot suv oqimi sarfi orqali aniqlanib, suv sathi va tuz konsentratsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hisobga olingan. Natijada sizot suv sathi va tuz konsentratsiyasi o‘zgarishini tavsiflovchi bog‘langan matematik model shakllantirilgan. Model uchun mos boshlang‘ich va chegaraviy shartlar kiritilib, masalaning fizik ma’nosi asoslab berilgan. Taklif etilgan model g‘ovak muhitda sizot suvlarining gidrodinamik rejimini va tuzlarning yo‘nalish hamda vaqt bo‘yicha tarqalish qonuniyatlarini o‘rganishga imkon beradi. Mazkur matematik model sug‘oriladigan hududlarda sizot suvlarining o‘zgarishi, tuproq sho‘rlanishi jarayonlarini bashorat qilish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | T Technology > T Technology (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 30 Apr 2026 09:43 |
| Last Modified: | 30 Apr 2026 09:43 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2099 |
