Rajapov, Mardonbek (2025) AFRIG‘IYLAR SULOLASI DAVRI TARIXSHUNOSLIGI (XIX – XXI asrning 20 yillaridagi tadqiqotlar tahlili). Other. “Durdona nashriyoti”, Buxoro.
Rajapov_M_Q_Afrig`iylar_sulolasi_davri_tarixshunosligi_Monografiya.pdf - Published Version
Download (4MB)
Abstract
Ushbu monografiya Xorazmning III-X asrlarda hukmronlik qilgan Afrigʻiylar sulolasining tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda XIX asrning ikkinchi yarmi – XXI asrning 20-yillaridagi tadqiqotlar tahlili orqali afrigʻiylar sulolasi davri tarixshunosligi yoritilgan. Monografiyada sulolaning siyosiy maqomi, etnik mansubligi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti masalalariga oid yozma va moddiy manbalarning tadqiqotlarda jalb etilishi, arxeologik kashfiyotlar, “Afrigʻ” atamasining kelib chiqishi, hukmdorlar unvonlari va sulolaning oʻzbek davlatchiligi tarixidagi oʻrni kabi masalalar muhokama qilinadi. Tadqiqot davomida sovet davri tarixshunosligida shakllangan bir qator notoʻgʻri talqinlar inkor qilinib, yangi arxeologik topilmalar va pahlaviy matnlar asosidagi xulosalar bilan toʻldirilgan. Monografiya 28 ta yozma manba va 274 ta ilmiy adabiyotni tahlil qilgan holda, sovet davri va mustaqillik yillaridagi yondashuvlarni tanqidiy baholangan hamda yangi ilmiy xulosalar taklif etilgan. Mazkur monografiya Afrigʻiylar sulolasining Markaziy Osiyo mintaqaviy tarixidagi oʻrnini yangicha ilmiy nuqtayi nazardan ko‘rsatib berishga qaratilgan boʻlib, tarixchi olimlar, manbashunoslar, sharqshunoslar, Xorazm tarixiga qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun moʻljallangan.
| Item Type: | Monograph (Other) |
|---|---|
| Subjects: | D History General and Old World > D History (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 15 Apr 2026 20:35 |
| Last Modified: | 15 Apr 2026 20:35 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2073 |
