Muradov, Sirojiddin (2026) EHTIMOLIY XAVFLARNI BAHOLASHDA FORSAYT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 4 (3). pp. 53-62. ISSN 3030-3702
7.+Muradov+Sirojiddin.pdf - Published Version
Download (647kB)
Abstract
Maqolada ishlab chiqarish va tashkiliy tizimlarda ehtimoliy xavflarni baholashda forsayt texnologiyasining ahamiyati tahlil qilingan. Forsayt texnologiyasi kelajakdagi xavf-xatarlarni oldindan aniqlash, ularning rivojlanish tendensiyalarini prognoz qilish va avariya yoki baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlarni taqdim etadi. Tadqiqot jarayonida forsaytning asosiy metodlari – ekspert baholash, Delphi usuli, ssenariy tahlili, trend tahlili, texnologik yo‘l xaritalari va horizon scanning – ko‘rib chiqildi. Ushbu metodlar xodimlar, texnologik jarayonlar va tashkiliy omillar ta’sirini tizimli ravishda baholash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, qisqa muddatli davrda xavflar asosan ergonomik va texnologik xatoliklarga bog‘liq bo‘lib, kichik avariyalar sodir bo‘lishi mumkin. O‘rta muddatda mushak-skelet va psixologik muammolar, stress va uyqusizlik ko‘payadi. Uzoq muddatli davrda surunkali kasalliklar, burnout va kasbiy charchoq yuzaga keladi, shuningdek ma’lumot xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar ham kuchayadi. Shu sababli ishlab chiqarish korxonalarida xavflarni baholash jarayonini muddatga qarab tizimli tashkil etish va profilaktik choralarni ilgari ko‘rish zarur. Forsayt texnologiyasini mehnat muhofazasi tizimiga integratsiya qilish nafaqat xavflarni aniqlash va baholash, balki ularning oldini olish, xodimlar hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari ushbu yondashuvning amaliy ahamiyatini ilmiy asosda tasdiqlaydi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | T Technology > T Technology (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 15 Apr 2026 08:53 |
| Last Modified: | 15 Apr 2026 08:53 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2055 |
