Daliyev, Sherzod (2026) YER OSTI SIZOT SUVLARI DINAMIKASI O‘ZGARISH JARAYONINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 4 (3). pp. 45-52. ISSN 3030-3702

[thumbnail of 6.+Daliyev+Sherzod.pdf] Text
6.+Daliyev+Sherzod.pdf - Published Version

Download (626kB)

Abstract

Yer osti sizot suvlari sathining o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash gidrogeologik tizimlarning shakllanishi va rivojlanishini tushunishda muhim ilmiy ahamiyatga ega. Sizot suvlari harakati tabiiy va antropogen omillar ta’sirida shakllanadigan murakkab gidrodinamik jarayon bo‘lib, uning fazoviy va vaqt bo‘yicha o‘zgarishinii aniqlash suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda meliorativ tizimlarni samarali boshqarish uchun zarur hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan mazkur tadqiqot yer osti sizot suvlari sathi dinamikasini matematik modellashtirish masalasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida sizot suvlari sathining OX yo‘nalish bo‘yicha vaqt davomida o‘zgarishini tavsiflovchi matematik model ishlab chiqildi. Model filtratsiya jarayonlarini ifodalovchi differensial tenglamaga asoslanib, mos boshlang‘ich va chegaraviy shartlar bilan ifodalandi. Masalani analitik yechish jarayonida Furye qatori usulidan foydalanildi va natijada sizot suvlari sathining fazoviy koordinata hamda vaqtga bog‘liq umumiy yechimi trigonometrik funksiyalar va eksponensial ko‘paytuvchilardan iborat qator ko‘rinishida hosil qilindi. Olingan matematik yechim sizot suvlari sathining OX yo‘nalish bo‘yicha taqsimlanish qonuniyatlarini hamda gidrodinamik jarayonlarning vaqt davomida barqarorlashish xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Modellash natijalari filtratsiya koeffitsiyenti, gidravlik gradient, g‘ovak muhitning fizik xossalari va qatlamning geometrik parametrlarini sizot suvlari dinamikasining asosiy shakllantiruvchi omillari sifatida tavsiflaydi. Taklif etilgan matematik yondashuv yer osti suvlari sathining o‘zgarish jarayonlarini nazariy jihatdan tahlil qilish, gidrogeologik tizimlarning rivojlanish tendensiyalarini aniqlash hamda suv resurslari holatini prognozlash uchun qo‘llanishi mumkin. Tadqiqotning ilmiy yangiligi sizot suvlari dinamikasini bir o‘lchovli fazoda matematik modellashtirish orqali analitik yechim olish hamda gidrogeologik jarayonlarning asosiy qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini yaratganligi bilan belgilanadi.

Item Type: Article
Subjects: T Technology > T Technology (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 15 Apr 2026 08:46
Last Modified: 15 Apr 2026 08:46
URI: https://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2054

Actions (login required)

View Item
View Item