Xolxo’jayev, Jasurxo’ja and Xalikulov, Oybek (2026) YIRIK O‘LCHAMLI METROLOGIYADA KOORDINAT-O‘LCHASH MASHINALARI SHARHI. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 4 (2). pp. 36-40. ISSN 3030-3702
5.+Xolxo’jayev+va+Xalikulov.pdf - Published Version
Download (483kB)
Abstract
Ushbu maqola zamonaviy sanoat o‘lchov jarayonlarida koordinat-o‘lchash mashinalarining (KOM) ishlash prinsiplari, tuzilishi va qo‘llanilish sohalarining umumiy tavsifi keltiriladi. Unda an’anaviy shablon (template) asosidagi geometriya nazorati usullarining cheklovlari yoritilib, ayniqsa avtomobil sanoatida murakkab shaklli yuzalar va yig‘ma qismlar yuqori aniqlik va moslashuvchanlikni talab qilishi ta’kidlanadi.Bobda KOMning asosiy turlari —kontaktli va kontaktsiz tizimlar, ularning mexanik konfiguratsiyalari hamda boshqaruv rejimlari (qo‘lda boshqariladigan qurilmalardan tortib to to‘liq avtomatlashtirilgan CNC tizimlarigacha) bayon etiladi. Shuningdek, o‘lchash aniqligiga ta’sir qiluvchi omillarga —konstruksiyaning mexanik qattiqligi, vibratsiyadan himoyalanish, zondni kalibrlash va koordinata tizimini to‘g‘ri aniqlashga alohida e’tibor qaratiladi. Materialda KOMning yuqori aniqlikdagi geometriya nazoratidagi ortib borayotgan roli hamda mahsulot sifati, ishlab chiqarish samaradorligi va konstruktorlik hujjatlariga muvofiqlikni ta’minlashdagi ahamiyati ta’kidlab o‘tiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | T Technology > T Technology (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 21 Feb 2026 01:06 |
| Last Modified: | 21 Feb 2026 01:06 |
| URI: | http://ilmiykutubxona.com/id/eprint/2040 |
